Markaziy Osiyo davlatlari forumida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi

Turkestanskuyu deklaratsiyu prinyali po itogam I mejparlamentskogo foruma
Turkestanskuyu deklaratsiyu prinyali po itogam I mejparlamentskogo foruma  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlarining navbatdagi parlamentlararo forumi Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumi yakunlari bo‘yicha Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Hujjatda iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyoning o‘ziga xos yagona madaniy-tarixiy makonini shakllantirishga qaratilgan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari o‘z aksini topgan.
Deklaratsiyada parlamentlarning iqtisodiy, ijtimoiy, suv-energetika, transport, logistika, turizm, madaniy-gumanitar salohiyatni har tomonlama rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratish, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining farovonligi va turmush sifatini oshirishdagi konstruktiv roli alohida ta’kidlangan.
Forumda parlament a’zolari hududlararo, transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish va transchegaraviy sayyohlik yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mintaqa davlatlarining mahalliy vakillik organlari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish masalasini ham ko‘rib chiqishdi.
Ishtirokchilarining fikricha, parlament a’zolari past uglerodli iqtisodiyotni barpo etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish, energetika va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, bu boradagi xalqaro loyiha va dasturlarni ilgari surishda o‘z hissalarini oshirishlari kerak.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva yig‘ilish ishtirokchilarini 2024-yilning birinchi yarmida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumini Samarqand shahrida o‘tkazishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0