Rossiya O‘zbekistonga Brayl alifbosidagi o‘quv adabiyotlarini beradi

© Posolstvo Resrubliki Uzbekistan v RossiiPosol Uzbekistana Botirjon Asadov 6-fevralya vstretilsya s ministrom kulturi Rossii Olgoy Lyubimovoy.
Posol Uzbekistana Botirjon Asadov 6-fevralya vstretilsya s ministrom kulturi Rossii Olgoy Lyubimovoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi tegishli mutaxassislar va o‘qituvchilarni tayyorlash, shuningdek, Brayl alifbosida maxsus adabiyotlarni berishda ko‘maklashishga tayyor.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya nogironligi bor shaxslar uchun ijodiy ta’lim tizimini rivojlantirishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bergan.
Xususan, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi tegishli mutaxassislar va o‘qituvchilarni tayyorlash, shuningdek, Brayl alifbosida maxsus adabiyotlarni berishda ko‘maklashishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova va O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov uchrashuvida ana shu masalalar muhokama qilingan.
Uchrashuvda tomonlar 2022-yilda ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan Moskva va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan qo‘shma tadbirlarni muhokama qilgan.
Shuningdek, ular 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar aniqlanadigan Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishining sanasi va joyini yuzma-yuz ishlab chiqishga kelishib olgan.
Yangiliklar lentasi
0