Qamchiq dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

© Press-slujba MChSGrajdane, ostavshiyesya na perevale "Kamchik", evakuirovani
Grajdane, ostavshiyesya na perevale Kamchik, evakuirovani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Qamchiq dovonida qolgan fuqarolar Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qamchiq dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Bugun Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli soat 13:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzildi. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamkorligida 902-sonli “Angren – Orzu – Pop” yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi.
© O‘ztemiryo‘lyo‘lovchiQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Qamchiq dovoni
Bugun soat 18:00da Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilindi. Shuningdek, 901-sonli “Pop – Angren” yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
Favkulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, "Andijon-Termiz" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi orqali "Pop-2" stansiyasidan 50 nafar, "Temiryo‘lobod" stansiyasidan 150 nafar yo‘lovchilar o‘z manzillariga yuborildi.
"Ohangaron" stansiyasiga soat 19:40 da, "Angren" vokzaliga 20:10 da, Orzu vokzaliga soat 20:40 da kelishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovoni avtomobil yo‘li qor ko‘chkisi xavfi sababli transport vositalari xarakati vaktincha yopilgan.
Yangiliklar lentasi
0