O‘zbekistonda qurilayotgan uylarning sifati zilzilaga bardosh beradimi?

© AzerTacTashkent stroit v Fizuli zdanie shkoli na 960 mest
Tashkent stroit v Fizuli zdanie shkoli na 960 mest - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mamlakatda qurilgan uylar sifati, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi darajasi qanday ekanligini ma’lum qildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonda obyektlarning qurilish loyihasi, materiallar va buyumlar sifati nazoratga olingan. Bu haqda AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Turkiyada ro‘y bergan zilzila sabab o‘zbekistonliklarni mamlakatda qurilish sifati, bino va inshootlarning zilzilabardoshligi qay darajada ekanligi haqidagi savollar xavotirga solmoqda.
Saidnosir Usmonovning so‘zlariga ko‘ra, respublika hududlari seysmik ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha zonalarga bo‘lingan. Shundan kelib chiqqan holda obyektlarni joylashtirishda ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.

“Hozirda qurilish montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha 16 576 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 11 162 ta obyektning qurilish ishlari belgilangan normalarga to‘g‘ri kelmasligi bois rad etilgan. Bugungi kunda qurilish ishlarida avvalo sifat va nazoratga birlamchi masala deb qaralmoqda va bu ishlar qat’iy davom ettiriladi", - deydi Usmonov.

Ta’kidlanishicha, loyiha tashkilotlari hududning belgilangan seysmik balidan kelib chiqqan holda loyihalashtiradi. Bundan tashqari loyihalashtirishdan oldin yer maydoni bo‘yicha topografik tasvir va geologik tadqiqot amalga oshiriladi.
Shuningdek, grunt tarkibi va xususiyatlari, sizot suvlar sathi va shu kabi boshqa masalalar ham o‘rganiladi. Ushbu tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda obyektni joylashtirish, uning qavatlar soni, fundamenti, konstruksiyalari va gabarit parametrlari bo‘yicha loyiha yechimlari tanlanadi.
Obyektning loyiha hujjatlari vakolatli ekspert tashkilotlari, murakkablik darajasi 4-toifa obyektlari qo‘shimcha ravishda Seysmologiya instituti tomonidan ham ekspertizadan o‘tkaziladi.
Obyektlarning qurilish jarayonida 4 xil turdagi nazorat ishlari yuritiladi. Qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlar hududiy inspeksiya huzuridagi maxsus sinov laboratoriyalari ham sinovdan o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, agar hududda 5 balli zilzila qayd etilsa, obyektga osilgan narsalar tebranadi, pol g‘ijirlaydi, oynalarda ham zirillash kuzatiladi. Devorda yoriqlar 6 balli yer silkinishidan keyin paydo bo‘ladi. 7 ball binolarga jiddiy zarar yetkazadi. Undan keyingi ko‘rsatgichlar ko‘plab binolarning qulashi va tuproq qatlamida 1 metrgacha yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Tog‘larda katta ko‘chkilar 11 balli zilzila oqibatida sodir bo‘ladi. Eng dahshatli 12 ball – Yer relyefi keng miqyosda o‘zgaradi.
Yangiliklar lentasi
0