https://oz.sputniknews.uz/20230208/turkiyadagi-zilzila-sababli-bedarak-yoqolgan-ozbekiston-fuqarosi-tirik-holda-topildi-32108430.html
Turkiyadagi zilzila sababli bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi tirik holda topildi
Turkiyadagi zilzila sababli bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi tirik holda topildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarosi Boybekov Rashid Anvar o‘g‘li qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan. U hozirda “Şütçü İmam Üniversitesi Tıp Fakültesi” shifoxonasiga joylashtirilgan va unga ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
2023-02-08T15:02+0500
2023-02-08T15:02+0500
2023-02-08T15:14+0500
jamiyat
turkiya
zilzila
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32099302_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_73412d3f795ec096793e02d95e2ddcfd.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida ro‘y bergan zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.Shuningdek, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga ko‘ra, Turkiyadagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida tabiiy ofat natijasida jabrlanganlar mavjud emas.Ta’kidlanishicha, diplomatlar Turkiyaning zilzila bo‘lgan hududlarida (Kayseri va Malatya) joylashgan migratsiya xizmati boshqarmalari va deportatsiya markazlari mas’ul hodimlari bilan telefon orqali bog‘langan.Xabarda ayni vaqtda ular uchun vaqtincha ko‘chma shoxobchalar qurilib, yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgani qo‘shimcha qilingan.Ma’lumot uchun, Turkiyaga O‘zbekistondan 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan. Ular 7-fevral kuni jo‘nab ketgan. 7-fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 6957 kishiga yetgan, jarohatlanganlar soni 38 mingdan oshgan.
turkiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/08/32099302_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c443131866bff5fbdc6fe344e28932a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiya zilzila 2023 bugun xabar ma’lumot xakida o‘zbekiston uzbekiston
turkiya zilzila 2023 bugun xabar ma’lumot xakida o‘zbekiston uzbekiston
Turkiyadagi zilzila sababli bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi tirik holda topildi
15:02 08.02.2023 (yangilandi: 15:14 08.02.2023) O‘zbekiston fuqarosi Boybekov Rashid Anvar o‘g‘li qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida ro‘y bergan zilzila oqibatida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarosi Boybekov Rashid Anvar o‘g‘li qutqaruvchilar tomonidan vayronalar ostidan olib chiqilgan. U hozirda “Şütçü İmam Üniversitesi Tıp Fakültesi” shifoxonasiga joylashtirilgan va unga ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga ko‘ra, Turkiyadagi deportatsiya markazlarida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida tabiiy ofat natijasida jabrlanganlar
mavjud emas.Ta’kidlanishicha, diplomatlar Turkiyaning zilzila bo‘lgan hududlarida (Kayseri va Malatya) joylashgan migratsiya xizmati boshqarmalari va deportatsiya markazlari mas’ul hodimlari bilan telefon orqali bog‘langan.
“Turk tomonining bergan malumotiga ko‘ra, deportatsiya markazlarida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida tabiiy ofat natijasida jabrlanganlar mavjud emasligi, zilzila oqibatlari munosabati bilan ular xavfsiz hududlarga ko‘chirilgani ma’lum qilindi”, - deyiladi xabarda.
Xabarda ayni vaqtda ular uchun vaqtincha ko‘chma shoxobchalar qurilib, yashash uchun barcha sharoitlar yaratilgani qo‘shimcha qilingan.
Ma’lumot uchun, Turkiyaga O‘zbekistondan 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan. Ular 7-fevral kuni
jo‘nab ketgan. 7-fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi
halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 6957 kishiga yetgan, jarohatlanganlar soni 38 mingdan oshgan.