https://oz.sputniknews.uz/20230208/tergov-xodimlari-uchun-qiynoqqa-solishga-qarshi-kurashish-boyicha-kurslar-tashkil-etiladi-32099799.html
Tergov xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi
Tergov xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Tergov va surishtiruv xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi. 08.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-08T12:51+0500
2023-02-08T12:51+0500
2023-02-08T12:51+0500
jamiyat
prezident qarori
tergov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16026891_0:0:3079:1731_1920x0_80_0_0_3bddaeec89ca596df035c0fa7ecf6b47.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 2023-yil 1-martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi. Bu prezident imzolagan "Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarorda ko‘zda tutilgan.Qaror bilan O‘zbekistonda Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi. 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantiriladi.Qayd etilishicha, 2023-yil 1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi.2023 yil 1-maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.Qarorga ko‘ra, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi. 2023-yildan Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishi ta’minlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16026891_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_898cdb3552b879da44a807309c120274.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident qarori, tergov
jamiyat, prezident qarori, tergov
Tergov xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha kurslar tashkil etiladi
Tergov va surishtiruv xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 2023-yil 1-martdan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi. Bu prezident imzolagan "Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qarorda
ko‘zda tutilgan. Qaror bilan O‘zbekistonda Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi. 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim tashkilotlarining aniq ro‘yxati shakllantiriladi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi.
2023 yil 1-maydan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik bo‘yicha o‘quv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.
Qarorga ko‘ra, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida Inson huquqlari sohasidagi adabiyotlar yo‘nalishi tashkil etiladi. 2023-yildan Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlarda ayollar, bola va yoshlar huquqlari masalalari qamrab olinishi ta’minlanadi.