Para yengil atletika: o‘zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinda bormoqda
© Milliy paralimpiya qo‘mitasiPara yengil atletika
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
Obuna bo‘lish
Tunisda para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri musobaqasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. Bu haqda Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tunisda para yengil atletika bo‘yicha xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik sportchilar dastlabki kungi bellashuvlarda 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medalga, ikkinchi kuni esa 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi 15 ta mamlakat ichida 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida Tunisdan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
© Milliy paralimpiya qo‘mitasiPara yengil atletika
Para yengil atletika
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
O‘zbekistonlik sportchilar natijalari:
Klab uloqtirish (F32) - Sarvar Azimov – kumush, (F31/32/51) Mahliyo Akramova – bronza;
Yadro uloqtirish (F36/37/42/44) - Qudratulloxon Marufxo‘jayev – kumush, (F32) Jasur Xodjayev – oltin;
Uzunlikka sakrash (T44/46/47/63) - Omadbek Hasanov – oltin, (T11/12) - Mansur Abdurashidov – oltin, (T12) - Dilnoza Mirahmatova – oltin;
100 metrga yugurish (T11/12) - Mansur Abdurashidov – oltin;
Disk uloqtirish (F11/37/43) - Qudratulloxon Marufxo‘jayev – kumush;
Balandlikka sakrash (T44/46/47) - Omadbek Hasanov – oltin, Temurbek Giyazov – kumush.
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
1/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
2/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
3/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
1/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
2/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi
3/3
© Milliy paralimpiya qo‘mitasi