O‘zbekiston FVV vakillari Turkiyada 9 kishini qutqardi

© O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston FVV
O‘zbekiston FVV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari 9 nafar insonni qutqardi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiyaga yetib borishi bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yuborgan.
“8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarildi. Natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, 12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqilgan.
Hozirda zilziladan talofat ko‘rgan Turkiyaga yetib borgan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari Xatay provinsiyasining Ovakenti va Jumabozorida qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiyaga O‘zbekistondan 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilgan. Ular 7-fevral kuni jo‘nab ketgan. 7-fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 15 nafar o‘zbekistonlik qidirilayotgan edi, ulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 6234 kishiga, jarohatlanganlar soni 37 011 kishiga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0