“Ular tushkunlikda”: Pentagon sobiq maslahatchisi Kiyev rejimi tugashini bashorat qildi

© AP Photo / Mary AltafferAmerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji
Amerikanskie flagi u zdaniya Nyu-Yorkskoy fondovoy birji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Pentagonning sobiq maslahatchisi Makgregor: Kiyev rejimi tamom bo‘lgan, ammo AQSh buni tan olishni istamaydi
TOShKENT, 8 fev – Sputnik Kiyev rejimi shu darajada umidsizlikka tushganki, hatto bolalarni UQKga jalb qilmoqda, biroq AQSh buni tan olmaydi, deydi Pentagon sobiq maslahatchisi, zaxiradagi polkovnik Duglas Makgregor.

“Juda ko‘plab ukrainaliklar safarbarlik haqida real holat faktlarini e’lon qilishapti. Shunday suratlar borki, unda ukrain askarlarining yoshi 15-16 da ekanini taxmin qilish mumkin. Bunday bo‘layotganiga shubhalar yo‘q... Menga aytishlariga qaraganda, aholining asosiy qismini erkaklar tashkil etadi. Chunki ko‘plab keksalar, ayollar va bolalar mamlakatni tark etishgan. Shunga qaramay, mamlakatda qolgan erkaklarning ko‘pchiligi qodir emas (frontga borishga - tahr), ba’zilari keksalar, yana ba’zilari –bolalar. Ular (rejim - tahr.) tushkunlikda aholining bu qatlamidan ham foydalanmoqda. Bu rejimning kuni bitib borapti”, - deydi polkovnik.

Uning taxmin qilishicha, qandaydir qarorlar qabul qilayotgan amerikalik mansabdorlar Ukraina rejimi barbod bo‘layotganini tan olishni istamaydi, chunki bu tilga olinmayapti.
“Biz bunga qanday yetib keldik. Bizning 40-yillik sovuq urushimiz bo‘lgan, natijada Sovet ittifoqi parchalandi. Biz g‘olib bo‘lmasak ham, hech bo‘lmaganda sog‘lom va farovon bo‘lib chiqdik, biz global urushdan qochdik, bu bizning 40-yildan beri ko‘zlagan maqsadimiz edi. Ammo bor-yo‘g‘i bir yil ichida Ukrainadagi proksi-urushida mag‘lub bo‘ldik, bundan tashqari, hozir Rossiya bilan ko‘p yillar davomida oldini olishga harakat qilib kelgan potensial mojaro yoqasida turibmiz. Bu yaxshi emas. Biz xatomizni tan olmaymiz, hech kim buni noto‘g‘ri ekanini aytmayapti”, - deya izoh beradi Makgregor.
Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik rasman 19-fevralgacha amal qiladi. Dushanba kuni Vladimir Zelenskiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga uzaytirishni taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0