Turkiyadagi zilzila oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© AP Photo / Mustafa KaraliRazbor zavalov i poisk jertv na meste razrusheniy v rezultate zemletraseniya v tureskom Gaziantepe
Razbor zavalov i poisk jertv na meste razrusheniy v rezultate zemletraseniya v tureskom Gaziantepe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Turkiyadagi zilzilada 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

“2023 yil 7-fevral (Toshkent vaqti bilan) soat 10:00 holatiga ko‘ra, zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganini afsus va chuqur qayg‘u bilan qayd etamiz”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, to‘rt nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan. Ularni topish bo‘yicha tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasi va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolarni tabiiy ofat hududlaridan xavfsiz joylarga ko‘chirish va mamlakatga olib kelishga qaratilgan choralarni ko‘rmoqda.
Hozirda zilzila oqibatida zarar ko‘rgan o‘zbekistonliklarga tegishli yordam ko‘rsatish va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida elchixona qoshida 24 soat faoliyat yuritadigan shtab tashkil etilgan. Unga +90-538-035-85-34 raqam orqali murojaat qilish mumkin.
TIV xabariga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
Bundan tashqari, 3-6 fevral kunlari Kahramanmarash shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya tomoni bilan hamkorlikda Anqaradagi ta’lim markaziga vaqtinchalik joylashtirilgan. Vazirlik hozir ularning O‘zbekistonga qaytarish masalalari ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 3 381 kishiga yetgan, 20 436 kishi jarohat olgan.

Mavzuga oid:

Tabiiy ofat dahshatlari: Turkiya va Suriyada yer qimirlashi fotosuratlari
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat qildi
Mirziyoyev Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi
Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0