O‘zbekistonda energetika nazorati bo‘yicha “favqulodda tartibda” ish olib boriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Energetika sohasida nazoratni kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim belgilandi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda energetika nazorati bo‘yicha ikki yil “favqulodda tartibda” ish olib boriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan energiya ta’minoti sohasida nazorat tizimini tartibga solish chora-tadbirlariga qaratilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda energiya yetkazib berish va hisob-kitob tizimidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Yanvar oyidagi sovuq bu borada boshqaruv va nazorat susayib ketganini yaqqol ko‘rsatdi. Mutasaddi tashkilotlar avtomatik hisoblash tizimi elektr energiyasida 92 foiz, tabiiy gaz bo‘yicha 98 foiz o‘rnatilgan, deb hisobot bergan. Lekin haligacha debitor qarzdorlik yuqoriligicha qolmoqda.
Tumanlardagi tarmoq idoralari elektr va gazga ulanishga hisob-kitob va tahlillarsiz ruxsat berayapti. Masalan, Toshkent shahrining 120 ta mahallasida transformatorlar yuklamani ko‘tarmagani uchun bir oyning o‘zida 5-6 martalab ta’mirlangan.

“Hanuzgacha tizimda o‘g‘irlik juda katta. Resurslar xo‘jasizlarcha talon-toroj qilinayapti. Birgina dekabr oyida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 12 mingdan ziyod holatda 600 milliard so‘mlik zarar aniqlangan. Avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari ustidan nazorat butunlay izdan chiqqan”, - deyiladi xabarda.

Shulardan kelib chiqib, energetika sohasida nazoratni kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim belgilandi.
Bu tizimga energetika nazorati bo‘yicha ikki yil “favqulodda tartibda” ishlash vazifasi qo‘yildi.
Energoinspeksiya va Majburiy ijro burosining ishini takomillashtirish, elektr va tabiiy gazga ulanishda yangicha yondashuvlarni joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda energetika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Xususan, Toshkent shahrining raqamli xaritasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi. Bunda auksionga chiqarilayotgan yerlarning joylashuvi, energetika, kommunal va ijtimoiy infratuzilma quvvati aniq ko‘rinib turadi.
Yangiliklar lentasi
0