Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Mutaxassis qanday bodroq foydali ekanini aytdi

CC0 / JESHOOTS-com / Devushka v posteli yest popkorn i derjit pult. Arxivnoe foto
Devushka v posteli yest popkorn i derjit pult. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
Parhezshunosning aytishicha, bodroq ichak peristaltikasini yaxshilaydi va ishtahani kamaytiradi
Parhezshunos shifokor Margarita Arzumanyan bodroqning (popkorn) foydali xususiyatlarini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, makkajo‘xori donalari tarkibida ko‘p kletchatka, o‘simlik oqsili va vitaminlar bor. Mutaxassisning ta’kidlashicha, kletchatka ochlik hissini kamaytiradi va ichak peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to‘lqinsimon kerilish yoki siqilish harakatlari)ni yaxshilaydi.

“Bodroq chindan ham foydali mahsulot, biroq uni uy sharoitida tayyorlagan ma’qul. Buning uchun yangi zaytun yog‘i va kamroq tuz va shakardan foydalanish lozim”, - deydi mutaxassis.

Parhezshunos tayyor bodroqni iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi. Chunki bunday mahsulot tarkibida shakar va boshqa zararli qo‘shimcha moddalar ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0