Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

© AP Photo / Mahmut BozarsanRazrusheniya posle zemletraseniya v tureskom Diyarbakire
Razrusheniya posle zemletraseniya v tureskom Diyarbakire - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Mamlakatning kamida to‘rt viloyatida, shuningdek, Suriya shimolida binolarning qulashi qayd etilgan.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Bugun, 6-fevral kuni, Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, zilzila UTC vaqti bilan 01:17 (Toshkent vaqti bilan 06:17) da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi aholisi 1 million kishidan oshgan Gaziantepdan 27 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Mamlakatning kamida to‘rt viloyatida, shuningdek, Suriya shimolida binolarning qulashi qayd etilgan. Turkiyada kuchli zilzilalar tufayli eng yuqori darajadagi ogohlantirish e’lon qilingan.
Rasmiylarga ko‘ra, Shanliurfa shahrida 16 uy qulagan, odamlar vayronalar ostida qolmoqda.
Shuningdek, Osmaniyada 34 ta bino qulagan. Shahar meri 5 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Adanada esa dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 17 va 14 qavatli uylar qulagan.
Diyorbakirda yer silkinishi oqibatida 6 bino qulagan, 6 kishi halok bo‘lgan va 79 kishi jarohatlangan. Zilziladan jabr ko‘rgan hududlarda qurbonlar soni ortib borapti.
Malatya shahrida 130 ta bino qulagan, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Eron shimoli-g‘arbida 28-yanvar kuni 5,9 balli zilzila ro‘y bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0