https://oz.sputniknews.uz/20230206/turkiya-32033203.html
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat qildi
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh konsulxona kuchli zilzila qayta sodir bo‘layotgani sababli ayrim tavsiyalarni bergan. 06.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-06T19:37+0500
2023-02-06T19:37+0500
2023-02-06T19:37+0500
jamiyat
turkiya
o‘zbekiston
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32020117_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d2e4b581008796e9454f041ec44b22f2.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ayni vaqtda Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat yo‘lladi.O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Anqaradagi elchixonasiga +905380358534 hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga +902123232037, +902123232039 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda kuchli yuz berdi. Uning kuchi 7,7 ballgacha baholangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1014 kishiga yetgan. Zilzilada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani yoki jabrlangani haqida ma’lumot kelib tushmagan.Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natilishi xabar qilingan edi.Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, Turkiyaga 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuboriladi. Ular 7-fevral kuni yo‘lga chiqishadi.
turkiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32020117_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_39fcd681e4ea7cd928f3f83e3ab2c023.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, turkiya, o‘zbekiston, zilzila
jamiyat, turkiya, o‘zbekiston, zilzila
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat qildi
Bosh konsulxona kuchli zilzila qayta sodir bo‘layotgani sababli ayrim tavsiyalarni bergan.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ayni vaqtda Turkiyaning janubiy viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat yo‘lladi.
“Kuchli zilzila qayta sodir bo‘layotgani sababli quyidagilarga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Agar zilzila sodir bo‘layotgan viloyatlarda bino ichida bo‘lsangiz, hujjatlar va zarur narsalarni olib, tezda binodan chiqing. Xonadan chiqayotganda liftdan emas, zinapoyalardan foydalaning. Ko‘chada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga o‘ting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Anqaradagi elchixonasiga +905380358534 hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga +902123232037, +902123232039 telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda
kuchli yuz berdi. Uning kuchi 7,7 ballgacha baholangan. So‘nggi
ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1014 kishiga yetgan. Zilzilada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani yoki jabrlangani haqida ma’lumot
kelib tushmagan.Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natilishi
xabar qilingan edi.Favqulodda vaziyatlar vazirligining
aniqlik kiritishicha, Turkiyaga 60 nafar FVV qutqaruvchilari va 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuboriladi. Ular 7-fevral kuni yo‘lga chiqishadi.