Rossiya bosh onkologi Andrey Kaprin Toshkentga keldi

© Sputnik / Nina ZotinaGeneralniy direktor NMIS radiologii Ministerstva zdravooxraneniya Rossiyskoy Federatsii Andrey Kaprin
Generalniy direktor NMIS radiologii Ministerstva zdravooxraneniya Rossiyskoy Federatsii Andrey Kaprin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida Kaprin O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev va yadro tibbiyoti sohasidagi muassasalar vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Bugun Toshkentga Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh onkologi, P.A. Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, akademik Andrey Kaprin keldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Tashrif doirasida Kaprin O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev va yadro tibbiyoti sohasidagi muassasalar vakillari bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, u Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Immunologiya va inson genomikasi institutida bo‘lib, shifokorlar va talabalar bilan uchrashadi.
Andrey Kaprinning mutaxassisligi siydik pufagi, buyraklar va prostata kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolash. Shuningdek, u MDH va Yevroosiyo davlatlarining Onkologiya va rentgen radiologiyasi direktorlari va institutlari assotsiatsiyasi prezidenti.
Ko‘p yillik mehnati tufayli Kaprin 450 ta maqolaning hammuallifi bo‘lgan, 3 ta monografiya va 4 ta darslik nashr ettirgan. Rossiya sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun u davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rossiyalik yetakchi onkolog bilan birgalikda tos bo‘shlig‘ini individual endoprotez yordamida rekonstruksiya qilish bo‘yicha murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0