Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni yana oshdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTelefon v ruke, arxivnoe foto
Telefon v ruke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Aholining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 75 birlikni tashkil etgan.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa bilan ta’minlangan abonentlar soni qariyb 32 million nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Shundan aholi ixtiyorida bo‘lgan mobil aloqa vositalari soni 27 mln donani tashkil etgan. Mobil aloqa bilan ta’minlanganlik ko‘rsatgichi har 100 kishiga 75 birlikni tashkil etgan.
O‘zbekistonda mobil aloqa vositalari soni yildan yilga oshib bormoqda. Xususan, so‘nggi yillarda har 100 kishiga to‘g‘ri keladigan abonentlar soni (1 yanvar holatiga):
2019 yil - 65 ta;
2020 yil - 69 ta;
2021 yil - 71 ta;
2022 yil - 73 ta;
2023 yil - 75 ta.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyi holatiga O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 31 milliondan ortgandi. Ularning 29 milliondan ziyodi mobil qurilmalar orqali internetga ulangan.
Umumjahon statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda dunyoda har 100 nafar aholi soniga nisbatan eng ko‘p mobil aloqa vositalari qayd etilgan davlatlar orasida quyidagilar bor: Makao - 430 ta, Gonkongda - 291 ta, Seyshellda - 186 ta, BAA da - 185 ta, Tailandda - 166 ta, Rossiyada - 163 ta, Yaponiyada - 154 ta, Germaniya - 126 ta, AQSh -106 ta va boshqalar.
Yangiliklar lentasi
0