Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik yo‘lladi

© AFP 2023 / Mahmut Bozarslan/AFPTVSkoraya pomosh u razrushennix domov posle zemletraseniya v Diyarbakire (6 fevralya 2023). Tursiya
Skoraya pomosh u razrushennix domov posle zemletraseniya v Diyarbakire (6 fevralya 2023). Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida o‘nlab kishilar qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
“Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Mamlakatning kamida to‘rt viloyatida, shuningdek, Suriya shimolida binolarning qulashi qayd etilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetgan, 440 kishi jabrlangan. Suriya Sog‘liqni saqlash vazirligi zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 237 kishini tashkil etganini ma’lum qildi, 639 kishi esa jabrlangan.
6 fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jarohatlangan mamlakat fuqarolari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
Yangiliklar lentasi
0