https://oz.sputniknews.uz/20230206/bolaning-boyi-osmay-qolishiga-nima-sabab-boladi-25247806.html
Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi?
Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi?
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning meyoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi. 06.02.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-02-06T22:45+0500
2023-02-06T22:45+0500
2023-02-06T22:45+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson bo‘yining o‘sishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bog‘liq. U inson a’zo va to‘qimalarida oqsil hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo‘lsa, u shunchaki o‘sishdan to‘xtaydi.Ta’kidlanishicha, bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning meyoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi.Bo‘yi past ota-onadan tug‘ilgan bolaning uzun bo‘yli bo‘lishi kam kuzatiladi. Bo‘y o‘sishiga organizmdagi ayrim gormonlarning ko‘p yoki kamligi ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar o‘sish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar bo‘y o‘sishidagi patologiyalarga olib keladi.Ba’zida buyrak, yurak, o‘pka va hazm a’zolaridagi surunkali kasalliklar ham bo‘y o‘sishini to‘xtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit (angina), xoletsistit (o‘t qopi yallig‘lanishi) odatda bo‘y o‘sishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yo‘qoladi, bu esa bo‘y o‘sishini pasaytiradi.Shifokor agar bolada parazitlar bo‘lsa ham bo‘y o‘sishida muammolar tug‘ilishini qayd edi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yo‘lga qo‘yilsa, bo‘y o‘sishda davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi
Bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘ladi?
Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning meyoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi.
Bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova bolaning bo‘yi o‘smay qolishiga nima sabab bo‘lishi haqida
ma’lumot berdi.Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, inson bo‘yining o‘sishi gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormonga bog‘liq. U inson a’zo va to‘qimalarida oqsil hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, agar organizm kuchsiz ahvolda bo‘lsa, u shunchaki o‘sishdan to‘xtaydi.
“Demak, bolangizning o‘smayotganini sezdingizmi, birinchi galda shifokor-endokrinologga uchrab, uni to‘laqonli tekshiruvdan o‘tkazishingiz kerak. Shifokor UTT hamda qonda gormonlar nisbatini aniqlaydi, shuningdek, rentgenografiya yordamida bilak suyaklari tekshiriladi. Bu — tekshiruv bolaning suyaklari o‘sish hududidami yoki yo‘qmi, bilish uchun zarur”, - deydi Alimova.
Ta’kidlanishicha, bola bo‘yi o‘smasligining qator sabab va omillari mavjud. Yuqorida keltirilgan tahlillar orqali aniqlanadi. Birinchi navbatda, o‘sishdan to‘xtash irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bolaning meyoriy o‘sishida 100 ta gen muhim rol o‘ynaydi.
Bo‘yi past ota-onadan tug‘ilgan bolaning uzun bo‘yli bo‘lishi kam kuzatiladi. Bo‘y o‘sishiga organizmdagi ayrim gormonlarning ko‘p yoki kamligi ham ta’sir qiladi. Qalqonsimon va buyrak usti bezlarida yetiladigan gormonlar o‘sish gormonlari deyiladi. Shu bois endokrin tizimdagi turli izdan chiqishlar bo‘y o‘sishidagi patologiyalarga olib keladi.
Ba’zida buyrak, yurak, o‘pka va hazm a’zolaridagi surunkali kasalliklar ham bo‘y o‘sishini to‘xtatadi. Boshqa surunkali kasalliklar tonzillit (angina), xoletsistit (o‘t qopi yallig‘lanishi) odatda bo‘y o‘sishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Ammo bunday hollarda ishtaha yo‘qoladi, bu esa bo‘y o‘sishini pasaytiradi.
Shifokor agar bolada parazitlar bo‘lsa ham bo‘y o‘sishida muammolar tug‘ilishini qayd edi. Shuning uchun ichki organizm faoliyati normal yo‘lga qo‘yilsa, bo‘y o‘sishda davom etadi.