Belgrad shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston 6-o‘rinni egalladi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Respubliki UzbekistanAxadxan Kimsanbayev zanyal 2-e mesto v sostazaniyax slepix i slabovidashix shaxmatistov pervoy shaxmatnoy Olimpiadi, provedennoy mejdunarodnoy shaxmatnoy federatsiyey (FIDE) sredi lis s ogranichennimi vozmojnostami zdorovya v Belgrade.
Axadxan Kimsanbayev zanyal 2-e mesto v sostazaniyax slepix i slabovidashix shaxmatistov pervoy shaxmatnoy Olimpiadi, provedennoy mejdunarodnoy shaxmatnoy federatsiyey (FIDE) sredi lis s ogranichennimi vozmojnostami zdorovya v Belgrade. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2023
Obuna bo‘lish
Serbiya poytaxtida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Birinchi shaxmat Olimpiadasi o‘tkazildi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Belgrad shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Birinchi shaxmat Olimpiadasini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Ahadxon Kimsanboyev 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Ahadxon o‘z yo‘nalishida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Marsel Shayusupov zaif eshituvchilar o‘rtasida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0