Toshkentning "Olimpik" klubi Yevropa klubini mag‘lubiyatga uchratdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiToshkentning "Olimpik" futbol klubi
Toshkentning Olimpik futbol klubi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekistonning “Olimpik” klubi Bosniya va Gersegovinaning “Velez Mostar” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentning "Olimpik" futbol klubi Yevropa klubini mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekistonning “Olimpik” klubi Bosniya va Gersegovinaning “Velez Mostar” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Olimpik” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoa safida gollarga Alisher Odilov va Ruslanbek Jiyanov mualliflik qilishdi.
Timur Kapadze shogirdlari navbatdagi uchrashuvni 4-fevral kuni o‘tkazadi. Unda Olimpik Iordaniya U -20 jamoasi raqiblik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0