O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?

© Depositphotos.com / ArturVerkhovetskiyVoditel za rulem
Voditel za rulem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eng ko‘p yengil avtomobilni Xitoydan import qilgan.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekiston o‘tgan yili 34 ta xorijiy davlatdan yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston eng ko‘p yengil avtomobilni import qilgan davlat bu Xitoy bo‘lib, u yerdan mamlakatga 11 159 ta avtomobil olib kelingan. Keyingi o‘rinlarni Koreya (9414 ta) va Qozog‘iston (7208 ta) egalladi.
Quyidagi davlatlardan ham yengil avtomobil olib kelingan:
Rossiya – 1499 ta;
AQSh – 555 ta;
Yaponiya – 157 ta;
BAA – 128 ta;
Germaniya – 125 ta.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0