Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Kamqon bolalar qanday ovqatlanishi kerak - mutaxassis javobi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishOrganizatsiya pitaniya v shkolax
Organizatsiya pitaniya v shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda maktabgacha bo‘lgan bolalarning 47,5%i maktab yoshidagi bolalarning 25,5 foizi kamqonlikka chalingan.
Tibbiyot fanlari doktori Aziza Mahmudovaning aytishicha, kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotlarda kerakli vitamin va ozuqalarning yetishmasligi, ekologiyaning yomonlashuvi bir qator kasalliklar qatori kamqonlikka ham sabab bo‘ladi.
Shu sababli kamqon bolalar temir moddasiga boy mahsulotlar : qizil go‘sht, loviya, qizil go‘sht, loviya, no‘xat, qorabug‘doy unidan tayyorlangan non, qo‘ziqorin, quritilgan mevalar va ko‘katlarni tez-tez iste’mol qilib turishi kerak. Shuningdek, S va V12 vitaminlari ham kamqonlikni oldini olishda foyda beradi. Chunki bu vitaminlarsiz temir qonga so‘rilmaydi. Eslatib o‘tish joizki, ushbu vitamin bulg‘or qalampiri, brokkoli, sitrus mevalar, baliq, yashil bargli sabzavotlarda ko‘p.
Bundan tashqari, bolalarning kun tartibini ham nazoratga olish maqsaqdga muvofiq. Kamqon bolalar ko‘proq toza havoda sayr qilishi, o‘rtacha jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanishi, bir vaqtda uxlab, bir vaqtda uyg‘onishi lozim.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugun dunyoda maktabgacha yoshdagi 47,5 foiz va maktab yoshidagi 25,5 foiz bolalar kamqonlik xastaligiga chalingan.

Ta’kidlash joizki, kamqon bolalar yuqumli kasalliklarga ko‘proq chalinadi.
Ularda:
kamharakatlik;
charchoq;
uyquchanlik;
ishtahasizlik;
vazn yetishmasligi;
teri oqarishi;
tirnoqlar va sochlar mo‘rtlashishi;
tez-tez bosh aylanishi;
asabiylik kuzatiladi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, agar bolada jiddiy kamqonlik kuzatilsa, shifokor zarur dori-darmonlarni tayinlaydi.
Yangiliklar lentasi
0