https://oz.sputniknews.uz/20230202/shimoliy-sox-erosti-gaz-saqlash-inshooti-yana-qayta-ishga-tushirilishi-mumkin-31917334.html
"Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin
"Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
So‘x yerosti gaz saqlash inshooti qayta ishga tushirilsa qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyat bo‘ladi.
2023-02-02T11:56+0500
2023-02-02T11:56+0500
2023-02-02T11:56+0500
jamiyat
gaz
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24502752_0:194:3073:1922_1920x0_80_0_0_6d37f60b9cfa067235bf31c36b48343a.jpg
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA.Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 milliard kub metr atrofida. Shundan 1,3 milliard kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi.Bu qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘ladi degani.Shundan so‘ng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bo‘lar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta, deya qo‘shimcha qildi energetika vaziri.Ma’lumot uchun, “O‘ztransgaz” tizimidagi "Shimoliy So‘x" gazni yer ostida saqlash inshooti Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega strategik obyektlardan biri. Inshootda bugungi kunda 330 nafar ishchi-xodimdan iborat mehnat jamoasi bo‘lib, ularning 71 nafarini yosh xodimlar tashkil qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24502752_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_074ec509bf551467e7f5491a442051c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shimoliy so‘x yerosti gaz saqlash inshooti ma’lumot prezident xakida haqida xabar yangilik sunggi sux
shimoliy so‘x yerosti gaz saqlash inshooti ma’lumot prezident xakida haqida xabar yangilik sunggi sux
"Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin
So‘x yerosti gaz saqlash inshooti qayta ishga tushirilsa qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyat bo‘ladi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zA.
"Afsuski o‘z vaqtida So‘xdagi yerosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qo‘yilgan edi. Qirg‘izistondagi davlat tashrifi chog‘ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirg‘izistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi" – dedi prezident.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, "Shimoliy So‘x" yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 milliard kub metr atrofida. Shundan 1,3 milliard kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi.
Bu qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyati bo‘ladi degani.
“Mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘iziston hududida joylashgan, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi. Eng avvalo ishchi guruh barcha texnik va iqtisodiy tomonlarini batafsil o‘rganib chiqadi. Chunki inshootdan ancha yillardan buyon foydalanilmagan, hozirgi holatini yaxshilab o‘rganib chiqishimiz kerak”, - deydi vazir.
Shundan so‘ng shartlar kelishib olinadi. Balki bu ijara huquqi asosida bo‘lar, lekin hozircha biror fikr aytishga erta, deya qo‘shimcha qildi energetika vaziri.
Ma’lumot uchun, “O‘ztransgaz” tizimidagi "Shimoliy So‘x" gazni yer ostida saqlash inshooti Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega strategik obyektlardan biri. Inshootda bugungi kunda 330 nafar ishchi-xodimdan iborat mehnat jamoasi bo‘lib, ularning 71 nafarini yosh xodimlar
tashkil qiladi.