Mirziyoyev Andijonda aholi bandligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Andijonni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 1-fevral kuni, Andijon viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 17-iyun kuni Andijon tumanidagi adirlikda Yangi Andijon shaharchasi qurilishiga poydevor qo‘ygan edi. Bugungi kunda ko‘p qavatli uylar, maktab va bog‘chalar qad ko‘tarmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Mamlakat iqtisodiyoti va aholi o‘sishi bilan elektr iste’moli ham kundan-kunga oshmoqda. So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda xonadonlar 1 million 200 mingtaga ko‘paydi, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgan. Bular elektr energiyasiga bo‘lgan talabni 35 foizga oshirdi. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida elektrga talab 40 foizga ko‘paygan.
“Bunday sharoitda eng to‘g‘ri yechim qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu bois yig‘ilishda quyosh va shamol stansiyalari loyihalariga e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Ta’kidlanishicha, bu yil Pop va Farg‘ona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Davlat rahbari yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, umuman, ularni elektr bilan o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy obyektlarda quyosh energiyasidan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablag‘ beriladi. Shuningdek, ijtimoiy obyektlardagi 3 mingta eskirgan qozonlarni zamonaviy uskunaga almashtirish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilishda energiya resurslarini iqtisod qilish choralariham ko‘rsatib o‘tildi. Aholining quyosh energiyasidan foydalanishi uchun jozibador tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash haqida bo‘ldi.
“Ma’lumki, bu borada viloyatlarga zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 31-yanvar kuni imzolangan prezident qaroriga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlarga Andijon viloyatiga 1,1 trillion so‘m ajratiladi”, - deyiladi xabarda.
So‘nggi ikki yilda aholiga dehqonchilik uchun 8 ming gektar hosildor ekin yerlari berilgan, 2023-yilda yana 10 ming gektar yer tarqatiladi. Mahallalarda sanoatni rivojlantirish uchun 36 ta mikromarkaz tashkil etiladi.
Davlat rahbari Andijonni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligini ta’kidladi.
“Darhaqiqat, bu yil viloyatda 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Aholiga ajratiladigan 10 ming gektarda 75 mingta doimiy va 200 mingta mavsumiy ish joyi ochiladi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ishsiz odamlarni kasb-hunarga o‘qitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam rasshireniya ispolzovaniya vozobnovlyayemix istochnikov energii i obespecheniya zanyatosti naseleniya v Andijanskoy oblasti.
Tuman va shahar hokimlari aholi bandligini oshirish rejalari yuzasidan axborot berdi.
Yangiliklar lentasi
0