Elektron shahodatnomaning qanday afzal tomonlari bor

© Sputnik / Zafar XalilovKak proshel posledniy zvonok-2022 v Tashkente
Kak proshel posledniy zvonok-2022 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2023
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilar shahodatnomani “Elektron shahodatnoma” platformasidan bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga shahodatnomani berish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Hukumat qarori bilan 2022/2023 o‘quv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib borilishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi elektron shahodatnomaning qanday afzal tomonlari borligini sanab o‘tdi:
hujjat g‘ijimlanib yirtilmaydi va yo‘qolmaydi;
shahodatnomani OTMga onlayn taqdim etish mumkin;
zarur bo‘lgan paytda bitiruvchi uni bepul yuklab olishi va qog‘oz shaklida chiqarib olishi mumkin;
maktab bitiruvchilari to‘g‘risida ishonchli ma’lumot;
qog‘oz tejaladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchilar shahodatnomani “Elektron shahodatnoma” platformasidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
Yangiliklar lentasi
0