https://oz.sputniknews.uz/20230131/qoshimcha-elektr-stantsiyalar-qaysi-viloyatlarda-ishga-tushirilishi-malum-boldi-31856379.html
Qo‘shimcha elektr stansiyalar qaysi viloyatlarda ishga tushirilishi ma’lum bo‘ldi
Qo‘shimcha elektr stansiyalar qaysi viloyatlarda ishga tushirilishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga ishga tushiriladi. 31.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-31T13:14+0500
2023-01-31T13:14+0500
2023-01-31T13:14+0500
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
quyosh fotoelektr stansiyasi
shamol elektr stansiyasi
energetika vazirligi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29869988_0:15:1280:735_1920x0_80_0_0_1e371e64c4d2e2eff3feaa4c1fdddc16.jpg
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bu yil Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.Mazkur elektr stansiyalarning umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lib, 1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES yagona elektr tarmog‘iga ulanadi.Qo‘shimcha elektr quvvatlari ishga tushiriladigan viloyatlar:Bu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 (+145) MVtga oshiriladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023-yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilganni ma’lum qilingan edi. Shuningdek, kelajakda yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar ham boshlangan.O‘tgan yili umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29869988_0:0:1136:852_1920x0_80_0_0_55c90d18fcbd44ad1eddfef20370b501.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
issiqlik elektr stansiyasi (ies) , quyosh fotoelektr stansiyasi, shamol elektr stansiyasi, energetika vazirligi, iqtisod
issiqlik elektr stansiyasi (ies) , quyosh fotoelektr stansiyasi, shamol elektr stansiyasi, energetika vazirligi, iqtisod
Qo‘shimcha elektr stansiyalar qaysi viloyatlarda ishga tushirilishi ma’lum bo‘ldi
Elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga ishga tushiriladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bu yil Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 7 ta elektr stansiya ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi
ma’lum qildi. Mazkur elektr stansiyalarning umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lib, 1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES yagona elektr tarmog‘iga ulanadi.
Qo‘shimcha elektr quvvatlari ishga tushiriladigan viloyatlar:
Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi;
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi.
Bu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 (+145) MVtga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023-yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilganni ma’lum qilingan edi. Shuningdek, kelajakda yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar ham boshlangan.
O‘tgan yili umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya
ishga tushirilgan.