Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 jamoasi BAAni mag‘lub etdi - video

© O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasifutbol muhlislari
futbol muhlislari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.
Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi futbolchilar mazkur uchrashuvda mezbonlar ustidan g‘alaba qozonishdi.
Terma jamoaning gollariga Shahzod Akramov (65-daqiqa) va Shahzod Rahmatullayev (90+3 daqiqa) mualliflik qildi.
Saudiya Arabistoni 1:2 O‘zbekiston
Ma’lumot uchun, 26-yanvar kuni O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi birinchi uchrashuvini o‘tkazgandi. Mazkur bahsda ham terma jamoa 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar lentasi
0