https://oz.sputniknews.uz/20230131/endi-hokimlarga-klasterlar-faoliyatiga-aralashish-man-etiladi--yangi-qaror-31848654.html
Endi hokimlarga klasterlar faoliyatiga aralashish man etiladi – yangi qaror
Endi hokimlarga klasterlar faoliyatiga aralashish man etiladi – yangi qaror
Sputnik O‘zbekiston
Prezident paxta xomashosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror imzoladi - tafsilotlar. 31.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-31T09:23+0500
2023-01-31T09:23+0500
2023-01-31T10:48+0500
jamiyat
hokimlar
klaster
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22648284_0:17:3583:2032_1920x0_80_0_0_6e6db90fd0518eb905d080e77712cd76.jpg
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Endi hokimlarga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish man etiladi. Bu haqda prezident imzolagan 23-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjat bilan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar qat’iyan man etiladi:Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlariga to‘rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.2023 yil hosilidan har yili 1-oktabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023-yil 1-fevralga qadar).Shu bilan birga, shu yildan boshlab xorijdan olib kelingan va respublikada ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi.Paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.Qolaversa, 2025-yil 1-yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o‘g‘itlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22648284_617:0:3348:2048_1920x0_80_0_0_8bab01774e60cc9974437595882aa48f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hokimlar, klaster, yangi qaror
jamiyat, hokimlar, klaster, yangi qaror
Endi hokimlarga klasterlar faoliyatiga aralashish man etiladi – yangi qaror
09:23 31.01.2023 (yangilandi: 10:48 31.01.2023) Prezident paxta xomashosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qaror imzoladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Endi hokimlarga paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish man etiladi. Bu haqda prezident imzolagan 23-sonli qarorda
nazarda tutilgan. Hujjat bilan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar qat’iyan man etiladi:
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish;
ularning ta’sischilarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish;
fermerlar bilan bo‘ladigan munosabatlariga ta’sir o‘tkazish.
Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlariga to‘rt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qo‘shimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
2023 yil hosilidan har yili 1-oktabrgacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023-yil 1-fevralga qadar).
Shu bilan birga, shu yildan boshlab xorijdan olib kelingan va respublikada ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi.
Paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sug‘orishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.
Qolaversa, 2025-yil 1-yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral o‘g‘itlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.