O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolangan. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiyasi muhokama qilindi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 23-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Unda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalari, shuningdek, demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala o‘rganish ham o‘tkazilgan.
Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolangan. Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida mamlakatlar davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi bitim 2018-yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0