Mebel mahsulotlari eksporti oshdi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishNomer otelya
Nomer otelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 25 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qilgan.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. 2022 yilda O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,5 million dollarga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.

Mebel mahsulotlari eksporti 2021-yil bilan solishtirilganda 6,2 mln dollarga oshgan.

O‘zbekiston 2022-yilda eng ko‘p mebel mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
• Qirg‘iziston – 4,2 mln;
• Qozog‘iston – 2,1 mln;
• Tojikiston – 1,3 mln;
• Rossiya – 1,3 mln.
Shuningdek, Ozarbayjon (994 ming), Hindiston (91 ming), Italiya (41 ming), Koreya (37 ming), Germaniyaga (26 ming dollar) mebel mahsulotlari eksport qilingan.
Yangiliklar lentasi
0