Eldor Shomurodov Italiyaning “Spetsiya” klubiga o‘tdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2023
Obuna bo‘lish
“Spetsiya” futbol klubi Eldor Shomurodovni mavsum oxiriga qadar "Roma"dan ijaraga oldi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning "Spetsiya" futbol klubida davom ettiradi.
“Spetsiya” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Eldor Shomurodov mavsum oxiriga qadar "Roma"dan ijaraga olingan.
27 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining ijara summasi 1,5 million yevro etib belgilangan. Yangi jamoa tarkibida Shomurodov o‘zining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, “Spetsiya” Italiya A Seriyasida 18 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgan edi. Bungacha u “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Genuyadagi bir yillik faoliyatidan so‘ng o‘zbekistonlik hujumchi Rimning “Roma” klubi safiga qo‘shilgandi.
Yangiliklar lentasi
0