Erondagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 816 kishiga yetdi

© AP Photo / Hasan SarbakhshianAvtomobil skoroy pomoshi v Irane, arxivnoe foto
Avtomobil skoroy pomoshi v Irane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2023
Obuna bo‘lish
Eron shimoli-g‘arbidagi 28-yanvar kuni 5,9 balli zilzila ro‘y berdi. Uch kishi halok bo‘ldi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Eron shimoli-g‘arbidagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 816 nafarga yetdi. Bu haqda Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati rahbari Muhammad Sodiq Mutamidiyon ma’lum qildi.
“Bu zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va 816 kishi jarohat oldi”, - deya uning so‘zlaridan “Agence France Presse” iqtibos keltirgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zilzila 2 ta shahar va 70 tadan ziyod qishloqqa zarar yetkazgan, u yerlardagi qurilish binolarining 50 foizi talofat ko‘rgan.
Eron shimoli-g‘arbidagi 28-yanvar kuni 5,9 balli zilzila ro‘y berdi. Zilzila o‘chog‘i 43 km chuqurlikda, Xoy shahridan 23 km uzoqda bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0