https://oz.sputniknews.uz/20230128/endi-ozbekiston-va-qirgiziston-fuqarolari-chegaradan-id-karta-orqali-otishlari-mumkin-boladi-31786108.html
Endi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan ID-karta orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi
Endi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan ID-karta orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi. 28.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-28T09:45+0500
2023-01-28T09:45+0500
2023-01-28T09:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
chegara
pasport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/06/28843627_0:245:3072:1973_1920x0_80_0_0_08e3d2486e1f8dc09446a4f44486594c.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida 2006-yil 3-oktabrda O‘zbekiston Hukumati bilan Qirg‘iziston Hukumati o‘rtasida imzolangan fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma ham almashinildi.Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonning barcha fuqarolari Qirg‘izistonga, xuddi shunday Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi.Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib o‘tishda amal qiladi.Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan so‘ng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishi mumkin.Ma’lumot uchun, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/06/28843627_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_b20330ca7e6a0897e014a71d74c6fc73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, pasport
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, pasport
Endi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari chegaradan ID-karta orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi
Bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi. Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida 2006-yil 3-oktabrda O‘zbekiston Hukumati bilan Qirg‘iziston Hukumati o‘rtasida imzolangan fuqarolarning o‘zaro borib-kelishlari to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Bayonnoma ham almashinildi.
Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonning barcha fuqarolari Qirg‘izistonga, xuddi shunday Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin bo‘ladi. Ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi.
Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.
Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib o‘tishda amal qiladi.
Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan so‘ng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishi mumkin.
Ushbu tartib ayniqsa O‘zbekistonning eksklav hududlari bo‘lgan So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara kabi hududlaridagi yurtdoshlarimiz uchun katta yengillik bo‘ladi, ularning chegaradan o‘tishlaridagi ortiqcha burokratiyaga chek qo‘yadi.
Ma’lumot uchun, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali o‘zaro borib-kelish tartibi yo‘lga qo‘yilmagan edi. Qirg‘iziston birinchisi bo‘ldi.