Amerikalik general AQSh va Xitoy o‘rtasida urush chiqishini aytdi

© Sputnik / Aleksandr Imedashvili / Mediabankka o‘tishAmerikanskie soldati
Amerikanskie soldati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2023
Obuna bo‘lish
Generalning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Tayvan ustidan nazorat o‘rnatish uchun 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlaridan foydalanishga harakat qiladi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. AQSh Harbiy-havo kuchlari generali Mayk Minixan qo‘l ostidagilarga mamlakati yaqinda Xitoy bilan urushga kirishi haqida eslatma yubordi. Bu haqda RIA Novosti NBC telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Umid qilamanki, men yanglishapman. Mening intuitsiyam 2025-yilda jang qilishimizni aytapti”, degan general.
Generalning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Tayvan ustidan nazorat o‘rnatish uchun 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlaridan foydalanishga harakat qiladi.
Eslatma Harbiy havo kuchlaridagi barcha jangovar bo‘linmalarning komandirlariga qaratilgan.
Unda Minixan, shuningdek, o‘z qo‘l ostidagilariga fevraloyining oxirigacha XXR bilan harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berish buyurilgan.
General, qo‘shimcha ravishda, qo‘mondonlarni mashg‘ulotlar jarayonida tavakkal qilishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0