Toshkent viloyatida tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish obyekti quriladi

© Depositphotos.com / Praditkhorn.gmail.comMeditsinskie maski i rezinovie perchatki v musornom vedre
Meditsinskie maski i rezinovie perchatki v musornom vedre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Obyekt uchun Piskent tumanidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1,5 gektar yer maydoni ajratiladi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkent viloyatining Piskent tumanida tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish obyekti quriladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, obyekt uchun “Guliston” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoni ajratiladi. Yer maydoni 1,5 gektarga teng.
Mazkur yer maydonidan foydalanish huquqi Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun qariyb 28 mlrd so‘m, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun esa 50 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi ma’lum qilingandi.
2023-2025 yillar davomida 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, 437 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish rejalashtirilgan.
Bu yil ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun jami 170,0 mlrd so‘m, shu jumladan, qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish uchun 92,2 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0