O‘zbekiston banklari “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash ustida ishlamoqda

© Sputnik / Alexey Filippov  / Mediabankka o‘tishKarti natsionalnoy platejnoy sistemi "Mir"
Karti natsionalnoy platejnoy sistemi Mir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy bank: Tijorat banklari bu masala ustida bosh qotirmoqda. Imkon qadar, shart-sharoit yaratish uchun hamma ishlarni qilishmoqda.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekiston banklari “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash ustida ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov jurnalistlarga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, amaliy operatsiyalarda Amerika sanksiyalariga tushib qolmaslik va boshqa xatarlar bilan bog‘liq vaziyatlar to‘liq o‘rganilib chiqiladi.
Qozog‘istonda “MIR” plastik kartalari ishga tushgan degan xabarlar mavjud, biroq hali aniq emas. Jumladan, O‘zbekiston tijorat banklari ham bu borada ishlarni tezlatishgan.
“Tijorat banklari bu masala ustida bosh qotirmoqda... Imkon qadar, shart-sharoit yaratish (kartalarga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash uchun – tahr.) uchun hamma ishlarni qilishmoqda”, — dedi Nurmuratov.
Uning ta’kidlashicha, maqsad – Rossiyadan kelayotganlarga yo‘l ochish, ularga qulay moddiy sharoitlar yaratishdir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili UZCARD tizimida texnik va profilaktik ishlar olib borilayotganligi sababli O‘zbekistonda vaqtincha Rossiyaning “MIR” kartalari ishlamay qolgani ma’lum qilingan edi.
Iqtisodchi Denis Rakshaning qayd etishicha, Rossiyaning “MIR” to‘lov tizimi O‘zbekistonda ishlamay qolgani birinchi marta emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda “Mir”kartasi bor odamlar bir vaqtning o‘zida boshqa to‘lov tizimlari kartalarining ham baxtli egalari.
Yangiliklar lentasi
0