https://oz.sputniknews.uz/20230126/elektromobillar-importi-yana-26-baravar-osdi-31717990.html
Elektromobillar importi yana 2,6 baravar o‘sdi
Elektromobillar importi yana 2,6 baravar o‘sdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
2023-01-26T11:47+0500
2023-01-26T11:47+0500
2023-01-26T14:01+0500
elektromobil
import
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21134121_0:396:2936:2048_1920x0_80_0_0_32da4061a872b8266ec4ff15dd031f91.jpg
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.O‘zbekiston 2022-yilda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:Shuningdek, Gonkongdan 42 dona, Litvadan 10 dona, Koreyadan 7 dona va boshqa davlatlardan 11 dona elektromobil import qilingan.Aytish joizki, O‘zbekistonda elektromobillar importi sur’ati o‘sishi bir necha yildan buyon kuzatilmoqda. Xususan, 2021-yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan edi. Bu 2020-yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga ko‘p.Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qator yengilliklar berilishi xabar qilingan edi. 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21134121_205:0:2936:2048_1920x0_80_0_0_9f98f70777f66dad9af60b07a4250f21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektromobil o‘zbekiston import ma’lumot statistika
elektromobil o‘zbekiston import ma’lumot statistika
Elektromobillar importi yana 2,6 baravar o‘sdi
11:47 26.01.2023 (yangilandi: 14:01 26.01.2023) Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi
ma’lum qildi. Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1371 taga oshgan.
O‘zbekiston 2022-yilda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
Shuningdek, Gonkongdan 42 dona, Litvadan 10 dona, Koreyadan 7 dona va boshqa davlatlardan 11 dona elektromobil import qilingan.
Aytish joizki, O‘zbekistonda elektromobillar importi sur’ati o‘sishi bir necha yildan buyon kuzatilmoqda. Xususan, 2021-yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan edi. Bu 2020-yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish uchun qator yengilliklar berilishi
xabar qilingan edi. 2023-2025 yillarda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan korxonalarning elektromobillar xarid qilishi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Elektromobillarda yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi shaxslarga litsenziya uchun davlat boji to‘lashda yengillik beriladi.