Turkiyalik siyosatchi mamlakat rasmiylarini NATOdan chiqishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis Severoatlanticheskogo alyansa (NATO)
Flagi stran-uchastnis Severoatlanticheskogo alyansa (NATO)  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya besh-olti oy ichida NATOdan chiqadi, deydi “Vatan” partiyasi raisi o‘rinbosari Etxem Sanjak.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Turkiya NATOdan chiqishi shart. Bu haqda Turkiyaning “Vatan” partiyasi raisi o‘rinbosari Etxem Sanjak ma’lum qildi.

“NATO o‘zining provokatsiyalari bilan bizni bu harakatlarga majburlamoqda. Ular bizni qo‘shnimiz Gretsiyaga qarshi qo‘ymoqda. Turkiya besh-olti oy ichida NATOdan chiqadi. Ular bizni Yaqin Sharqdagi urush girdobiga ham tortmoqchi”, - deydi u.

Sanjakning so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik fikrini o‘rganishlar turk aholisining 80 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlarini Anqaraga qarshi dushman va buzg‘unchi siyosat olib borayotgan davlat deb bilishini ko‘rsatmoqda.
“Vatan” partiyasi ilgari bir necha bor Turkiya hukumatini AQShning mamlakatdagi harbiy bazalarini yopishga, Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish talabini qaytarib olishga va NATOdan chiqishga undagandi.
Yangiliklar lentasi
0