https://oz.sputniknews.uz/20230125/toshkentdan-abu-dabiga-arzonlashtirilgan-reyslar-yolga-qoyildi--31695205.html
Vengriya aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni boshladi
Vengriya aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
2023-01-25T12:49+0500
2023-01-25T12:49+0500
2023-01-25T14:13+0500
jamiyat
aviaparvozlar
toshkent
abu-dabi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0a/26075182_0:185:3071:1912_1920x0_80_0_0_1805dfc956e4fe0e60fd56c8728af47a.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. “Wizz Air” Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab "Wizz Air" Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda."Wizz Air" — Vengriyaning lowcoster, ya’ni arzon narxli parvozlar tashkil qiluvchi aviakompaniya bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. Bugungi kunda aviakompaniya Yevropaning 15 ta Yaqin Sharqning 5 ta sayyohlar orasida ommaviy bo‘lgan shaharlariga doimiy parvozlar amalga oshirib kelmoqda. 2022-yil iyul holatiga ko‘ra "Wizz Air" aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.
abu-dabi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0a/26075182_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_ef92e34de0a1627f1fdca6db9a4517e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
wizz air abu-dabi toshkent reys bilet chipta kupit
wizz air abu-dabi toshkent reys bilet chipta kupit
Vengriya aviakompaniyasi Toshkent-Abu-Dabi yo‘nalishida parvozlarni boshladi
12:49 25.01.2023 (yangilandi: 14:13 25.01.2023) To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi. Chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. “Wizz Air” Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Uzbekistan airports"
xabar berdi. "Wizz Air" ilk bor Abu-Dabi — Toshkent — Abu Dabi yo‘nalishidagi birinchi parvozi bugun amalga oshdi. Aviakompaniyaning Airbus A321 neo samolyoti soat 10:33 daToshkentga kelib qo‘ndi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab "Wizz Air" Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
"Wizz Air" — Vengriyaning lowcoster, ya’ni arzon narxli parvozlar tashkil qiluvchi aviakompaniya bo‘lib, uning shtab-kvartirasi Budapeshtda
joylashgan. Bugungi kunda aviakompaniya Yevropaning 15 ta Yaqin Sharqning 5 ta sayyohlar orasida ommaviy bo‘lgan shaharlariga doimiy parvozlar amalga oshirib kelmoqda. 2022-yil iyul holatiga ko‘ra "Wizz Air" aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.