Surxondaryo viloyatining birdaniga 5 ta tumanida hokim o‘zgardi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatining 5 ta tumani hokimlari o‘zgardi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Angor, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot va Sho‘rchi tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Angor tumani
Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Qosim Mardonov tasdiqlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shohjahon Abdullayev vazifasidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Qosim Mardonov 1975-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. U 2007−2020 yillarda Moliya boshqarmasi, mahalliy hokimliklar hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda o‘z faoliyatini olib borgan. 2020-yildan buyon esa Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Termiz tumani
Xalq deputatlari Termiz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Shuhrat Nazarov tasdiqlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhratjon O‘rinov vazifasidan ozod etildi.
Shuhrat Nazarov 1968-yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. U 2008−2022 yillarda Soliq organlarida turli lavozimlarda ishlab kelgan. 2022-yildan buyon Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida o‘z faoliyatini olib borayotgan edi.
Jarqo‘rg‘on tumani
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Elmurod Avazov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Bahodir O‘raqov vazifasidan ozod etildi.
Elmurod Avazov 1988-yil Sherobod tumanida tug‘ilgan. U 2012-2022 yillarda iqtisodiyot boshqarmasi va viloyat hokimligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Muzrabot tumani
Xalq deputatlari Muzrabot tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Abdurashid Ismailov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.
Abdurashid Ismailov 1977-yil Boysun tumanida tug‘ilgan. U 1996—2022 yillarda ijtimoiy ta’minot, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Muzrabot tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sho‘rchi tumani
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Zokirov tasdiqlandi. Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Xudoyberganov vazifasidan ozod etildi.
Ulug‘bek Zokirov 1974-yil Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U 1997-2022 yillarda tijorat banklari, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qishloq qurilish invest, Markaziy bank boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2022-yildan buyon Respublika Markaziy bank departament direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0