Rossiya elchisi: Berlinning Ukrainaga tank yuborish haqidagi qarori - o‘ta xavfli

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishTanki Leopard 2E na parade v Rige
Tanki Leopard 2E na parade v Rige - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Bu Rossiya - Germaniya munosabatlarining shusiz ham ayanchli holatiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi, deydi elchi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiyaning Germaniyadagi elchisi Sergey Nechayev Berlinning Ukrainaga tanklarni yuborish haqidagi qarorini “o‘ta xavfli” deb atadi. Uning fikricha, bu “mojaroni qarama-qarshilikning yangi darajasiga ko‘taradi”. Elchining so‘zlari Rossiya diplomatik missiyasi tomonidan tarqatildi.

“Yana bir bor amin bo‘ldikki, Germaniya eng yaqin ittifoqchilari kabi Ukraina inqirozini diplomatik yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor emas, u doimiy ravishda uning kuchayishiga va Kiyev rejimini yangi qurollar bilan cheksiz ravishda to‘ldirishga diqqatini qaratgan. “Qizil chiziqlar” o‘tmishda qoldi”, - dedi Nechayev.

“Berlin bu qarorni yuz minglab sovet fuqarolari halok bo‘lgan Leningrad blokadasi yorib o‘tilganining 80-yilligi kunlarida qabul qildi. Bu o‘zaro ishonch qoldiqlarini yo‘q qiladi, Rossiya-Germaniya munosabatlarining shusiz ham ayanchli holatiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi, yaqin kelajakda ularni normallashtirish imkoniyatini shubha ostiga qo‘yadi”, - deyiladi bayonotda.

Chorshanba kuni Germaniya hukumati Germaniyaning "Leopard 2" tanklarini Ukrainaga topshirishga qaror qilganini e’lon qildi. Germaniya ikkita tank batalonini tuzmoqchi, birinchi bosqichda Bundesver zaxirasidan 14 ta tank taqdim etiladi. Bundan tashqari, yaqin orada ukrainalik harbiylarni Germaniyada o‘qitish tashkil etiladi. 14 ta tank va treningdan tashqari, Ukraina uchun Germaniyaning yangi yordam paketi logistika, o‘q-dorilar va tizimlarga texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Amerikanskie tanki M1A2 Abrams v Yevrope. - Sputnik O‘zbekiston
Ukrainaga kim qancha tank yuborishni va’da berdi

AQSh bosimi ostida Ukraina Qurolli kuchlariga Germaniya 14 ta, Norvegiya 8 ta, Finlandiya 10 ta, Polsha 14 ta, Niderlandiya 14 ta, Ispaniya 2 ta "Leopard 2" tanklari va Britaniya 14 ta "Challenger 2" tanklari yetkazib berishni va’da qilgan. AQShning o‘zi 30-50 ta "Abrahms" yetkazib berishni va’da qilgan.

Aytish joizki, "Abrahms" va "Leopard 2" tanklarining qurollar turi va nishonga olish tizimi sobiq Ittifoq tanklariga nisbatan zamonaviyroq, ular teplovizorlar bilan jihozlangan. Lekin ularning to‘pi (120 mm) sovet tanklariga nisbatan (125mm) 2 km masofada - kuchsizroq. Bu ko‘p marotaba mahalliy va xorijiy harbiy ekspertlar tomonidan tasdiqlangan.

Shu bilan birga ulardan Ukrainada foydalanishda bir qator jiddiy muammolar bor. Birinchidan, tanklar vazni T-72, T-80 tanklariga (45-46 tonna) nisbatan og‘ir: "Abrahms" - 70 tonna, "Leopard 2" - 57 tonna. Ma’lumki, Ukrainaning qora tuprog‘i bahor va kuzda juda yumshoq bo‘ladi va tank uchun o‘tib bo‘lmas botqoqqa aylanishi mumkin.

Ikkinchidan, ular yuqori malakali mutaxassislar tomonidan boshqarilishi va xizmat ko‘rsatilishi kerak. Hozir esa Ukrainada ularni tayyorlash uchun vaqt yo‘q.

Uchinchidan, "Abrahms" gaz turbinali va "Leopard 2" dizel dvigatellar bilan jihozlangan bo‘lib, ular turli xil maxsus yoqilg‘i va moylar talab qiladi - jang maydonida bu ham muammo bo‘lishi mumkin.

To‘rtinchidan, Germaniya tanklarni kamida 3-4 oydan so‘ng yetkazib berishini ma’lum qildi. Ushbu vaqt ichida harbiy harakatlar teatrida ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0