https://oz.sputniknews.uz/20230125/ozbekistondan-3-nafar-faxriy-sankt-peterburgdagi-xotira-tadbirlarida-qatnashadi-31695016.html
O‘zbekistondan 3 nafar faxriy Sankt-Peterburgdagi xotira tadbirlarida qatnashadi
O‘zbekistondan 3 nafar faxriy Sankt-Peterburgdagi xotira tadbirlarida qatnashadi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburgga nafaqat O‘zbekistondan, balki Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Estoniyadan ham qamaldagi Leningrad... 25.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-25T13:18+0500
2023-01-25T13:18+0500
2023-01-25T14:17+0500
o‘zbekiston - rossiya
o‘zbekiston
ulug‘ vatan urushi
sankt-peterburg
leningrad qamali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18425313_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_7c768ad41f601c4614a4139dfc4c00fc.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan qamaldagi Leningrad aholisi bo‘lgan uch nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi 26-yanvar kuni Leningrad fashistlar qamalidan to‘liq ozod qilinganining 79-yilligiga bag‘ishlangan rasmiy shahar tadbirlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga boradi.Ular: Valeriya Sapriko, Yuriy Smolich va Tamara Siglinseva.Siglinseva birinchi kundan oxirgi kungacha qamal qilingan shaharda qolgan kam sonli blokadachilardan biridir. Tamara Siglinseva oilaning to‘ng‘ich qizi bo‘lgan. U blokadaga yetti yoshligida guvoh bo‘lgan. Qizaloq birinchi qo‘ng‘iroq va maktabga tayyorgarlik o‘rniga, Ulug‘ Vatan urushi boshlanganini e’lon qilgan qora radiotarelkani eslaydi. Dahshatli xabarni katta besh xonali kommunal kvartirada yashovchi barcha, shu jumladan Tamara Siglinseva ham eshitdi. Keyin esa o‘lim “tashrif buyurdi”.Tamaraning o‘gay otasi frontga ketdi, u esa onasi bilan katta kvartirada yolg‘iz qoldi. Zaif, o‘lim yoqasidagi qiz deyarli harakatsiz yotar va oxiri yo‘q havo hujumi signallarini tinglardi.U onasining o‘zi va qizini ovqatlantirishga qanday harakat qilganini ham esladi.Tamara Petrovnaning o‘gay otasi Leningrad frontida partizan bo‘lgan. U do‘sti bilan daroni kesib o‘tayotganida o‘lar darajada yaralangan. Do‘sti tirik qolgan, ammo shifoxonaga yotqizilgan. U tuzalib, do‘stining oilasidan xabar olish uchun kelgan. Do‘stining xotini va qizi qanday yashayotganini ko‘rib, u harbiy komissariatga borgan va “Partizanning oilasi o‘lmoqda! Yordam bering!” degan.Ona qiziga qatiq, keyin esa bo‘tqa olib kela boshlagan. Qizaloqning holati yaxshilangan. Sentabrda esa nihoyat maktabga, birinchi sinfga borgan.Tamara Siglinseva yettinchi sinfni tugatib, poligrafiya texnikumiga o‘qishga kirgan. Uning kasbiga Toshkentda talab kuchli bo‘lgan va taqdir taqozosi bilan u non shahriga kelib qolgan. Bu 1954-yilga to‘g‘ri kelgan.Endi Siglinseva va O‘zbekistonda yashovchi boshqa qamaldan omon qolganlar yana Sankt-Peterburgga boradi. Shuningdek, 26—29 yanvar kunlari Sankt-Peterburgga nafaqat O‘zbekistondan, balki Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Estoniyadan ham qamaldagi Leningrad aholisi bo‘lgan ellikdan ortiq Ulug‘ Vatan urushi faxriylari boradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/15/18425313_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_0e8410e6e47a218592d5ea2e3c44bc04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, ulug‘ vatan urushi, sankt-peterburg, leningrad qamali
o‘zbekiston - rossiya, o‘zbekiston, ulug‘ vatan urushi, sankt-peterburg, leningrad qamali
O‘zbekistondan 3 nafar faxriy Sankt-Peterburgdagi xotira tadbirlarida qatnashadi
13:18 25.01.2023 (yangilandi: 14:17 25.01.2023) Sankt-Peterburgga nafaqat O‘zbekistondan, balki Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Estoniyadan ham qamaldagi Leningrad aholisi bo‘lgan ellikdan ortiq Ulug‘ Vatan urushi faxriylari boradi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekistondan qamaldagi Leningrad aholisi bo‘lgan uch nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi 26-yanvar kuni Leningrad fashistlar qamalidan to‘liq ozod qilinganining 79-yilligiga bag‘ishlangan rasmiy shahar tadbirlarida ishtirok etish uchun
Sankt-Peterburgga boradi. Ular: Valeriya Sapriko, Yuriy Smolich va Tamara Siglinseva.
Siglinseva birinchi kundan oxirgi kungacha qamal qilingan shaharda qolgan kam sonli blokadachilardan biridir. Tamara Siglinseva oilaning to‘ng‘ich qizi bo‘lgan. U blokadaga yetti yoshligida guvoh bo‘lgan. Qizaloq birinchi qo‘ng‘iroq va maktabga tayyorgarlik o‘rniga, Ulug‘ Vatan urushi boshlanganini e’lon qilgan qora radiotarelkani eslaydi. Dahshatli xabarni katta besh xonali kommunal kvartirada yashovchi barcha, shu jumladan Tamara Siglinseva ham eshitdi. Keyin esa o‘lim “tashrif buyurdi”.
“Avval ukam vafot etdi, hali go‘dak edi. Onamda sut qochdi. Undan keyin uch yoshli singlim. Keyingi navbatda men edim”, - deydi Siglinseva.
Tamaraning o‘gay otasi frontga ketdi, u esa onasi bilan katta kvartirada yolg‘iz qoldi. Zaif, o‘lim yoqasidagi qiz deyarli harakatsiz yotar va oxiri yo‘q havo hujumi signallarini tinglardi.
“Biz Vasilyevskiy orolida yashardik va uyimizga Qora daryo yaqin edi. Onam suv olib keladi, xonaga chelak qo‘yadi va suv darhol muz qobig‘i bilan qoplanadi. Devorlar esa qirovdan yaltiraydi”, - deb eslaydi Tamara Siglinseva.
U onasining o‘zi va qizini ovqatlantirishga qanday harakat qilganini ham esladi.
“U xayolparast edi! Duradgorlik yelimidan atala, xantal kukunidan bo‘tqa tayyorlardi”, - deydi Tamara Siglinseva.
Tamara Petrovnaning o‘gay otasi Leningrad frontida partizan bo‘lgan. U do‘sti bilan daroni kesib o‘tayotganida o‘lar darajada yaralangan. Do‘sti tirik qolgan, ammo shifoxonaga yotqizilgan. U tuzalib, do‘stining oilasidan xabar olish uchun kelgan. Do‘stining xotini va qizi qanday yashayotganini ko‘rib, u harbiy komissariatga borgan va “Partizanning oilasi o‘lmoqda! Yordam bering!” degan.
“Va bizga yordam berishdi. Onamga “Kuxnya” fabrikasidan ish topib berishdi”, - deydi Tamara Petrovna.
Ona qiziga qatiq, keyin esa bo‘tqa olib kela boshlagan. Qizaloqning holati yaxshilangan. Sentabrda esa nihoyat maktabga, birinchi sinfga borgan.
Tamara Siglinseva yettinchi sinfni tugatib, poligrafiya texnikumiga o‘qishga kirgan. Uning kasbiga Toshkentda talab kuchli bo‘lgan va taqdir taqozosi bilan u non shahriga kelib qolgan. Bu 1954-yilga to‘g‘ri kelgan.
Endi Siglinseva va O‘zbekistonda yashovchi boshqa qamaldan omon qolganlar yana Sankt-Peterburgga boradi. Shuningdek, 26—29 yanvar kunlari Sankt-Peterburgga nafaqat O‘zbekistondan, balki Armaniston, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Isroil, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Estoniyadan ham qamaldagi Leningrad aholisi bo‘lgan ellikdan ortiq Ulug‘ Vatan urushi faxriylari boradi.