https://oz.sputniknews.uz/20230125/energetika-vazirligi-gazprom-bilan-imzolangan-yol-xaritasi-tafsilotlarini-ochiqladi-31703744.html
Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “yo‘l xaritasi” tafsilotlarini ochiqladi
Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “yo‘l xaritasi” tafsilotlarini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni va o‘rganishni kelishib olindi.
2023-01-25T16:21+0500
2023-01-25T16:21+0500
2023-01-25T16:31+0500
o‘zbekiston - rossiya
energetika vazirligi
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28347511_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1b5238874c11b1147ec2d2e19328c207.jpg
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan imzolangan gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tafsilotlarini ma’lum qildi.Qayd etilishicha, 24-yanvar kuni Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Unda Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilingan.Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan so‘ng tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.Ta’kidlanishicha, olib borilgan muzokaralar hamda “yo‘l xaritasi”da O‘zbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini to‘liq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan.Energetika vazirligi kelgusida bu yo‘nalishdagi barcha ishlar O‘zbekistonning milliy manfaatlarini to‘liq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka ma’lum qilib borilishini qo‘shimcha qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230124/gazprom-va-ozbekiston-hamkorlik-boyicha-yol-xaritasini-imzoladi-31676476.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/13/28347511_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f31713f491fea708cd19e723a1266469.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika vazirligi gazprom gaz yo‘l xaritasi hamkorlik uzbekiston rossiya
energetika vazirligi gazprom gaz yo‘l xaritasi hamkorlik uzbekiston rossiya
Energetika vazirligi “Gazprom” bilan imzolangan “yo‘l xaritasi” tafsilotlarini ochiqladi
16:21 25.01.2023 (yangilandi: 16:31 25.01.2023) “Yo‘l xaritasi”da O‘zbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini to‘liq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan imzolangan
gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 24-yanvar kuni Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan. Unda Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilingan.
“Imzolangan “yo‘l xarita”ga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni va o‘rganishni kelishib olindi”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan so‘ng tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, olib borilgan muzokaralar hamda “yo‘l xaritasi”da O‘zbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini to‘liq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan.
“Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q”, - deyiladi xabarda.
Energetika vazirligi kelgusida bu yo‘nalishdagi barcha ishlar O‘zbekistonning milliy manfaatlarini to‘liq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka ma’lum qilib borilishini qo‘shimcha qilgan.