"Uzbekistan Airways" ayrim havo kemalarini sotuvga qo‘ydi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaBoing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekistan Airways  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
"Uzbekistan Airways" ikki lot bo‘yicha havo kemalarini sotish bo‘yicha qiziqish bildirish bosqichi boshlandi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. “Uzbekistan Airways”ning ayrim havo kemalari sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarni boshqarish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, agentlik sotuv jarayonlarini tashkillashtirish uchun Buyuk Britaniyaning "ACC Aviation" kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilingan.
Konsultant havo kemalarining texnik holati, bozordagi talab va taklif asosida sotish mexanizmi bo‘yicha tahlillar o‘tkazadi. Konsultant tavsiyasiga asosan "Uzbekistan Airways" quyidagi ikki lot bo‘yicha havo kemalarini sotish bo‘yicha qiziqish bildirish bosqichi boshlandi:
Lot 1:
Boeing 757 (UK 75701), 1999-yilda ishlab chiqarilgan;
Boeing 757 (UK 75702), 1999-yilda ishlab chiqarilgan;
Lot 2:
Boeing 767 (UK 67007), 2003-yilda ishlab chiqarilgan;
Boeing 767 (UK 67008), 2004-yilda ishlab chiqarilgan.
Talabgorlar qiziqish bildirishi to‘g‘risidagi arizalarini 23-fevral soat 18:00 ga qadar yuborishlari lozim.
Shu bilan birga, "Uzbekistan Airways" tomonidan kelgusida qolgan havo kemalarni turi va rusumini inobatga olib, lotlarga bo‘lgan holda savdo jarayonlari e’lon qilinishi bildirilgan.
“Uzbekistan Airways” 12 ta “Airbus” samolyotini xarid qilishga oid shartnoma imzoladi
Yangiliklar lentasi
0