https://oz.sputniknews.uz/20230124/ozbekistondagi-ayrim-uylarning-fasad-qismi-bazalt-qoplamaga-otkaziladi-31661173.html
O‘zbekistondagi ayrim uylarning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
O‘zbekistondagi ayrim uylarning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:
2023-01-24T10:25+0500
2023-01-24T10:25+0500
2023-01-24T10:55+0500
jamiyat
ko‘p kvartirali uylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29194806_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4110c04bdc1828ac59cc027090b6bf16.jpg
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 31 mingta uylarning fasad qismi renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkaziladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991-yilgacha qurilgan.Shu bois, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagi loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:Shuningdek, endilikda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasiga yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritadi.Bu borada energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada jami 13,2 ming tonna bazalt xom ashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu yillik ehtiyoj (5 mln m kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmaydi.Shu bois, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zsanoqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylarda bazalt xom ashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi.“O‘zeltexsanot” uyushmasi ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29194806_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a1f855f4cf42ede8f9fcb06aeff04782.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uy fasad bazalt uzbekiston
uy fasad bazalt uzbekiston
O‘zbekistondagi ayrim uylarning fasad qismi bazalt qoplamaga o‘tkaziladi
10:25 24.01.2023 (yangilandi: 10:55 24.01.2023) Bosh vazir Abdulla Aripov anomal sovuq havo sharoitida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 31 mingta uylarning fasad qismi renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkaziladi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud bo‘lsa, shundan 31 mingga yaqini 1991-yilgacha qurilgan.
Shu bois, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagi loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:
31 mingta uylarning fasad qismini renovatsiya asosida bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazish;
muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda issiq suv va elektr bilan ta’minlash.
Shuningdek, endilikda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasiga yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarining loyiha-smeta hujjatlariga energiya samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy tartibda kiritadi.
Bu borada energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ham e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada jami 13,2 ming tonna bazalt xom ashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu yillik ehtiyoj (5 mln m kv yoki 36 ming tonna) 30 foizini ham tashkil etmaydi.
Shu bois, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zsanoqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda joylarda bazalt xom ashyosi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, yil yakuniga qadar kamida 5 ming tonnalik quvvat yaratishi kerakligi ta’kidlandi.
“O‘zeltexsanot” uyushmasi ham ikki oy muddatda transformatorlar, kabellar, quyosh panellari va suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.