O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan bojxona ishlarida hamkorlik qiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur bitim 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Saudiya Arabistoni podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qiladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.
Ta’kidlanishicha, bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0