Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga borishi tasdiqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Aynura Usenbekova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev 2022-yil dekabr oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borishi xabar qilingandi. Ikki davlat prezidentlari chegara bo‘yicha hujjatlarni imzolashi taxmin qilingan edi. Biroq tashrif keyinroqqa qoldirilgani ma’lum bo‘lgandi.
Yangiliklar lentasi
0