IHT tashqi ishlar vazirlari Toshkentda uchrashadi

© Sputnik/Zafar XalilovZima v Tashkente.
Zima v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ertaga, 24-yanvar kuni Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy tadbirda ishtirok etish uchun kecha O‘zbekistonga keldi.
IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985-yilda tashkil etilgan.
Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.
Yangiliklar lentasi
0