Bugundan Toshkent shahridagi 57 ta maktabda darslar onlayn boshlanadi

© Depositphotos.com / BlazeofgloryUchitel pishet u doski v shkole
Uchitel pishet u doski v shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘quvchilar ta’lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 23 yanvardan barcha hududlarda lll chorak darslari boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borishiga ruxsat etiladi.
Toshkent shahridagi mavjud 335 ta umumta’lim muassasasidan 278 tasida 23-yanvar kuni o‘quv mashg‘ulotlariga ruxsat beriladi.

“O‘quvchilar ta’lim oladigan sinfxonalarda havo harorati +18 darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Havo harorati yuqorida belgilanganidan past ko‘rsatkichga ega 57 ta umumta’lim muassasasida uzluksiz ta’lim jarayonlari bosqichma-bosqich boshlanishi rejalashtirilgan. Jumladan:
• Bektemir tumanidagi: 345, 346, 347, 348-sonli maktablarda;
• Mirobod tumanidagi: 83, 94-sonli maktablarda;
• Mirzo Ulug‘bek tumanidagi: 54, 209-sonli maktablarda;
• Olmazor tumanidagi: 1, 28-sonli maktablarda;
• Sergeli tumanidagi: 33, 68, 269, 352-sonli maktablarda;
• Uchtepa tumanidagi: 199, 251-sonli maktablarda;
• Chilonzor tumanidagi: 79, 101, 114, 138, 162, 163, 168, 173, 178, 179, 181, 182, 183, 184, 188, 201, 202, 232, 270, 280, 281-sonli maktablar hamda 4-sonli maxsus maktab-internatida;
• Shayxontohur tumanidagi: 19, 39, 59, 82, 85, 92, 132, 141, 167, 169, 180, 186-sonli maktablarda;
• Yunusobod tumanidagi: 87, 259-sonli maktablarda;
• Yangihayot tumanidagi: 2, 3, 334-sonli maktablarda;
• Yashnobod tumanidagi: 145-sonli maktab hamda 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida sinfxonalarda havo harorati meyoridan pastligi tufayli dars mashg‘ulotlari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0