https://oz.sputniknews.uz/20230122/uzbekistan-airways-12-ta-airbus-samolyotini-xarid-qilishga-oid-shartnoma-imzoladi-31629255.html
“Uzbekistan Airways” 12 ta “Airbus” samolyotini xarid qilishga oid shartnoma imzoladi
“Uzbekistan Airways” 12 ta “Airbus” samolyotini xarid qilishga oid shartnoma imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Havo kemalarining sakkiztasi A320neo va to‘rttasi A321neo rusumlariga tegishli. 22.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-22T13:20+0500
2023-01-22T13:20+0500
2023-01-22T13:20+0500
iqtisod
uzbekistan airways
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1099/82/10998261_0:64:1200:739_1920x0_80_0_0_e06f905e610433c59a8ea0ef4d32c71f.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan A320neo oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.Samolyotlarning sakkiztasi A320neo va to‘rttasi A321neo rusumlariga tegishli. Yangi havo kemalaridan yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.Xarid qilinayotgan samolyotlar yonilg‘i tejamkorligining kamida 20 foizini ta’minlaydigan yangi avlod dvigatellari va eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanadi.Ma’lumot uchun, hozir “Uzbekistan Airways” parkida “Airbus” kompaniyasining 17 ta samolyoti mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1099/82/10998261_66:0:1134:801_1920x0_80_0_0_3d21826d0241c36a3c690d8ce02d3f32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, uzbekistan airways
iqtisod, uzbekistan airways
“Uzbekistan Airways” 12 ta “Airbus” samolyotini xarid qilishga oid shartnoma imzoladi
Havo kemalarining sakkiztasi A320neo va to‘rttasi A321neo rusumlariga tegishli.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan A320neo oilasiga mansub 12 ta samolyot xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati
xabar berdi. Samolyotlarning sakkiztasi A320neo va to‘rttasi A321neo rusumlariga tegishli. Yangi havo kemalaridan yo‘nalishlar tarmog‘ini yanada kengaytirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.
“Airbus” bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizatsiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi bo‘lib, yo‘lovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeyimizni yanada yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi”, – dedi “UzAirways” boshqaruv raisi Ilhom Mahkamov.
Xarid qilinayotgan samolyotlar yonilg‘i tejamkorligining kamida 20 foizini ta’minlaydigan yangi avlod dvigatellari va eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Ma’lumot uchun, hozir “Uzbekistan Airways” parkida “Airbus” kompaniyasining 17 ta samolyoti mavjud.